Termiz davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi IIB Axborot texnologiyalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari  tashrif buyurdi

Bugun Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakultetiga O‘zbekiston Respublikasi IIB axborot texnologiyalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari N.To‘raxo‘jayev tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab fakultetdagi qurilish obyektlarining loyihalari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng amaliy matematika yo‘nalishi 3-kurs talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi va talaba yoshlarning bu boradagi takliflarini tingladi.

Shuningdek, oliygohda tashkil etilgan IT markazini ham ko‘zdan kechirdi va u yerdagi mutaxassislar bilan birgalikda yurtimizda axborot texnologiyalar sohasida uchraydigan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda ushbu markazda tahsil olayotgan kadrlarning imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.

Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari N.To‘raxo‘jayev talaba-yoshlar va markaz mutaxassislariga ishlariga omad, faoliyatiga esa ulkan zafarlar tiladi.

Bizni kuzatishda davom eting! 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil