MATBUOT ANJUMANI

8-fevral kuni shahrimizda joylashgan “Matbuot uyi” binosida Termiz davlat universitetining “2022 yilda Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ma’naviy- ma’rifiy sohada olib borilgan ishlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Unda Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shofiyev oliygohda yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

Anjumanda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, muxbirlar, blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumani davomida oliygohda talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida, shuningdek, talabalarni darslardan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ma’naviy-ma’rifiy sohada tashkillashtirilgan tadbirlar hamda ushbu tadbirlarda ishtirok etgan faol talabalarni munosib rag‘batlantirilgani haqida batafsil ma’lumot berilib, bu sohadagi ko‘rsatkichlar o‘tgan yillarga nisbatan o‘sganligi haqida aytilib o‘tildi.

Bundan tashqari iqtidorli talabalar tomonidan erishilgan natijalar, mahallalar bilan hamkorlik ishlari hamda talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Unda yil davomida talabalarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida jami 2 687 095 800 so‘m sarflangani, shundan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, chin yetim, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qiz, oilasi “Temir daftar”, “Ayollar daftar”lariga turuvchi talabalarga jami 1 299 647 120 so‘m miqdorida, jamoatchilik ishlarida faol, a’lo baholarda o‘qiyotgan, universitet, respublika, xalqaro tanlov va musobaqalar doirasida g‘olib bo‘lgan talabalarga esa jami 1 387 448 680 so‘m miqdorida pul mablag‘lari berilganligi, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24-sentyabrdagi 605-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi ijara huquqi asosida yashovchi talabalarga jami 2 263 710 000 so‘m miqdoridagi ijara to‘lovlari qoplab berilganligi, bu esa ijarada turuvchi talabalarning jami 44,4%ni tashkil qilishi haqida aytib o‘tildi.

Anjuman yakunida journalist va ommaviy axborot vakillari tomonidan berilgan savollarga jovob berildi va taklif va tavsiyalar yozib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil