Termiz davlat universitetida kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda dastlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini baholash, tahlil qilish va oshirish chora-tadbirlari hamda ustuvor vazifalar haqida to'xtalib o'tildi. 

Shundan so'ng ichki tartib-intizom, odob-axloq normalariga qat’iy rioya etish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimni tashkil qilish, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat va milliy reyting samaradorligini oshirish, iqtidorli, o‘zlashtirishi past talabalar bilan yangicha ishlash tizimini yaratish, «Talabalar va vazirning ochiq muloqoti» uchrashuvini yuqori saviyada tashkil qilish  masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, professional ta’lim tashkilotlarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni biriktirish, talabalar turar-joylarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, xalqaro grantlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni hozirdan boshlash to‘g‘risidagi masalalar ham atroflicha muhokama etilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 65

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 58

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 59

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil