TerDUda "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan eng katta muammolardan biridir. Korrupsiya - iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, ochlik, ishsizlik va oziq-ovqat, yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi kabi dunyo muammolarini ortda qoldirib, hammaning dardiga aylangan. 

Shu munosabat bilan, Termiz davlat universitetida "Korrupsiyasiz hayot" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiev, Yuridik fakulteti dekani J.Xolmo'minov, Qulxo'ja shavkat jome masjidi imom xatibi Sh.Xolmurodov, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi

Hozirgi rivojlanish davrida, mintaqalar va davlatlararo hamkorlik tezlashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Shuningdek, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambagʻalmi, bironta davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maʼlumotlariga koʻra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 2-3 trillion dollargacha zarar koʻrmoqda. 

Shu sababdan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Termiz davlat universitetida bo'lib o'tgan tadbir ham shu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan bo'lib, korrupsion holatlarni salbiy oqibatlari haqida o'zaro fikr almashildi.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 63

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil