Talabalarimiz grant sohibi

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Jumayev Furqat va 3-bosqich talabasi Eshniyozova Gulnoza Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi bo'yicha grant sohibi bo'ldi.  Endilikda talabalarimiz 4 oy davomida (01.04.2023-31.07.2023) akademik almashunivni dunyo reytingida kuchli 300 talikka kiruvchi Germaniyaning  "Westfälische Wilhelms-Universität Münster" universitetida davom ettiradi. 

Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta'lim, o'qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlash dasturidir. Hozirgacha Yevropa Ittifoqining O'zbekistonda oliy ta'limni modernizatsiya qilishni qo'llab-quvvatlashda asosiy vositalari bo'lib kelayotgan Tempus va Erasmus Mundusni birlashtirgan dasturlarning o'rnini bosadi.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 63

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 56

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil