Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid

Diniy ekstremizm va terrorizm butun insoniyatni vayron qiluvchi illatdir, u bor joyda hech qachon osoyishtalik bo‘lmaydi, shuning uchun, har bir fuqaro ongida milliy ongni shakllantirish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar va O‘zbek filologiya fakultetida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Hamzayeva, Termiz shahar din ishlari bo‘yicha masʼul xodim D.Abdumannotov, Viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Suyunov, universitet profilaktika inspektorlari, tyutorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida talabalarga diniy ekstremizm, terrorizm begunoh insonlarni bevaqt o‘limiga sabab bo‘luvchi urush ekanligi, yomon insonlar o‘z g‘arazli niyatlarini shu terrorizm orqali amalga oshirishlari, terrorizmga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, hozirgi kunda butun dunyoda terrorizmga qarshi kurash olib borilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 63

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 56

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 57

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil