Kimyo fakulteti

75

Kimyo fanlari doktori, professor Kimyo fakulteti dekani

To‘rayev Xayit Xudaynazarovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 12:00
Telefon: (+998 91) 579-06-33 ; ( +99876) 221-74-78
Telegram: (+998 91) 579-06-33 ; ( +99876) 221-74-78
75

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini

Xamzayev Namoz Jovliyevich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: (+998 93) 636-59-04
Telegram: (+998 93) 636-59-04
75

Texnika fanlari nomzodi, dotsent ilmiy ishlari bo`yicha dekan muovuni

Jumayeva Zulxumor Ergashevna

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: +998902472433
Telegram: zulxumor.jumayeva@gmail.com

Kimyo fakultetida hozirda jami 6 ta ta’lim yo‘nalish, 3 ta magistratura mutaxassisligi, 1 ta doktorantura va 4 ta tayanch doktorantura mavjud bo’lib, ular:

Bakalavriat

  1. 5140500- Kimyo ta’lim yonalishi
  2. 60530100- Kimyo (turlari bo’yicha) ta’lim yonalishi
  3. 60530200-Neft va gaz kimyosi
  4. 60530300-Tabiiy va fiziologik birikmalar kimyosi
  5. 60723000-Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)
  6. 60720600-Materialshunoslik va yengil materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boyicha)

Magistratura

  1. 70530101- Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)
  2. 5A320401- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
  3. 70530103- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

Tayanch doktorantura

  1. 02.00.01.–Noorganik kimyo
  2. 02.00.02.–Analitik kimyo
  3. 02.00.13 –Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
  4. 02.00.14 –Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

Doktorantura

  1. 02.00.01.–Noorganik kimyo

Ayni paytda, fakultetda: 3 ta kafedra, 685 nafar bakalavrlar, 58 nafar magistrantlar va 4 nafar doktorant ва 10 nafar tayanch doktorantlar tahsil olmoqdalar. Jami talabaning 670 nafari ozbek millatiga, 10 nafari tojik va 5 nafari turkman millatiga mansub. nafar talabaning 630 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 55 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 4 nafari nogiron, 28 nafari yetim talabalar hisoblanadi.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:

  1. Noorganik va analitik kimyo
  2. Organik va bioorganik kimyo
  3. Fizikaviy va kolloid kimyo

Kimyo fakulteti

Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2021 yilning
26 avgustida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 46 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 4 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 8 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 5 nafari kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 9 nafari katta o‘qituvchilar va 20 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetda 2 ta doktorlik dissertatsiyasi va 7 ta kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Shuningdek, fakultetda 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan BT-I-101-sonli “Mahalliy xom ashyo asosida polivinilxloriddan (PVX) buyumlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha va 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan A-OT-2021-22-sonli “Minerallashgan quvur, fiting, panel va pol qoplamalari ishlab chiqishning innovatsion texnologiyasini yaratish” mavzusidagi amaliy Davlat granti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Termiz davlat universiteti huzuridagi texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar boyicha dissertasiyalar himoyasini otkazishga ruxsat berilgan.

Kimyo fakultetiga 2018 yilning 4 sentabridan, kimyo fanlari doktori, professor X.X. To‘rayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

  • 2024-05-07
  • 21

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi. A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat

Batafsil

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

  • 2024-05-06
  • 38

“Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi. 

Batafsil

A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

  • 2024-05-06
  • 35

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Batafsil