Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli”  oʻtkazildi.

A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat va ajdodlarga hurmat ruhida ulgʻaygan yoshlar hayotda ham katta natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti. Bugungi tahlikali zamonda, ularni bir daqiqa ham boʻsh qoldirmasligimiz zarur...

Saylda talabalar oʻz iqtidor va qiziqishiga qarab “Osh chempionati”, “TerDU malikasi” tanlovlari, “Arqon tortish”, “Kuch sinashish”, “Tosh koʻtarish” musobaqalari va “Milliy kiyimlar namoyishi” koʻrgazmasida ishtirok etib, bor kuch va mahoratini namoyish etishdi. 

Tadbir haqiqatdan ham oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi, barcha talabalar faol ishtirok etib, oʻzining ochilmagan qirralarini koʻrsatishdi. Ayniqsa, menda milliy xalq oʻyinlari unutilmas taassurotlarni qoldirdi. Biz yoshlar, bu oʻyinlar, milliy qadriyatlarimizni tarixga aylanishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak —  Aziza Mahmudova, talaba.

Yakuniy qismdan oʻrin olgan konsert dasturi ham talabalarga birdek manzur boʻldi. Milliy va zamonaviy qoʻshiqlarga raqsga tushgan yoshlarning yana bir kuni mazmunli nihoyalandi.

Gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilarning qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi

  • 2024-05-18
  • 16

Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Batafsil

“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari”

  • 2024-05-18
  • 21

Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 65

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil