"Yosh kitobxon talabalar ligasi"

Termiz davlat universiteti tomonidan universitet  talaba-yoshlari o‘rtasida ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish hamda rag‘batlantirish maqsadida  "Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi tashkil etiladi.

Ushbu  tanlovda ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’iy nazar universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar fakultet miqyosida jamoa bo‘lib ishtirok etadilar.

Tanlov bo'yicha quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot oling.

Tanlov bo'yicha yo'riqnoma                                  

Tanlov g'oliblari quyidagicha taqdirlanadilar

1-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining uch barobari;
2-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining ikki barobari;
3-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari miqdorida pul mukofoti diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov ishtirokchilari joriy yilning 1-aprel kuniga qadar dekan o‘rinbosarlari tomonidan ro'yxatga olinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari”

  • 2024-04-26
  • 23

Termiz davlat universitetida “Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

TerDUdagi "Ilmiy-tadqiqot markazi"ga arxeologiya yo‘nalishi uchun 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi

  • 2024-04-26
  • 12

Ana shu maqsadda rektor A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, Xitoy-Markaziy Osiyoda Inson va atrof-muhit “Bir kamar va bir yo‘l” xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Ma Jianni qabul qildi. 

Batafsil

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

  • 2024-04-25
  • 30

Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan inson. U nafaqat nazmda, balki nasrda ham oʻzining alohida oʻrniga ega. 

Batafsil