TOʻLOV KONTRAKT ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN HAMDA OSHIRILGAN (SUPER) KONTRAKT ASOSIDA OʻQISHNI XOHLOVCHILAR DIQQATIGA!!!

Termiz davlat universitetida 2020/2021 oʻquv yilida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy), yozma)da toʻplagan natijalari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va oshirilgan (super) toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abiturientlarga onlayn xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Test natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilgan hamda oshirilgan (super) toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abiturientlar toʻlov-kontrakt shartnomalarini quyida koʻrsatilgan elektron manzillarga murojaat qilish orqali olishlari mumkin:

Talab etilgan hujjatlarni quyidagi elektron manzil terduqabul@mail.ru ga yoki telegram orqali +998930757489  raqami bilan bogʻlanib, taqdim etishingiz kerak boʻladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

1.Universitet rektori nomiga yozilgan ariza (toʻlov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar bundan mustasno);

Ariza namunasi

2.Fuqarolik pasporti nusxasi;

3.dtm.uz tomonidan taqdim qilingan test natijalari koʻrsatilgan javoblar varaqasi;

4.Abiturient ruxsatnomasi.

Hujjatlaringizni birlashtirgan holda, bitta fayl qilib, PDF shaklda yuborishingiz soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun universitet Axborot-maslahat markazining quyidagi (76)-221-72-34, (76)-221-74-04, (76)-224-18-95 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Termiz davlat universiteti rektorining telegramdagi rasmiy kanaliga 

ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEIevQJbRnX8GzVpkg

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilarning qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi

  • 2024-05-18
  • 16

Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Batafsil

“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari”

  • 2024-05-18
  • 21

Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 65

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil