OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abiturientlar to’lov qilmaydi?

OTMga hujjat topshirishda qaysi turdagi abiturientlar to’lov qilmaydi?

1. ta’lim muassasalari (maktab, kollej va litseylar) ni 2020 yilda tamomlaganlar;

2. birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar;

3. to’liq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Test sinovi topshirmaydigan abiturientlar: 

1. chet el fuqarolari;

2. alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlariga hujjat topshirgan abiturientlar (madaniyat, san’at, sport);

3. test sinovlarisiz, ko’p balli tizim bo’yicha imtixon o’tkaziladigan va o’qitish qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlariga topshirganlar. 

Test sinovlarisiz, imtiyoz asosida talaba bo’ladigan abiturientlar: 

1. otasi yoki onasi xizmat vaqtida halok bo’lgan yoki nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;

2. otasi yoki onasi xizmat vaqtida halok bo’lgan yoki nogiron bo’lib qolgan ichki ishlar organlari  xodimlarining farzandlari; 

3. Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abiturientlar (respublika bosqichi g’oliblari); 

5. Harbiy qism qo’mondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abiturientlar;

6. Tanlov va musobaqa g’oliblari hamda davlat mukofotlari sohiblari (halqaro fan olimpiadasi, respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard o’g’lon).

Safimizga qo’shiling: @davlattestmarkazi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilarning qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi

  • 2024-05-18
  • 14

Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan qirq toʻqqizinchi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Batafsil

“Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari”

  • 2024-05-18
  • 17

Termiz davlat universitetida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 63

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil