O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi

118

KAFEDRA MUDIRI :

Shaydullayev Shopo’lat Bozorovich tarix fanlari doktori, professor.

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 09:00 - 12:00
Telefon: +998936341021
Telegram: +998936341021

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunosligi kafedrasi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan kafedra bo‘lib, mamlakatimiz ilmiy tadqiqot va o‘quv muassasalari uchun pedagoglar va ilmiy xodimlar tayyorlab beradi.

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilishi bilan Umumiy tarix fanlari barcha ijtimoiy fanlar bilan birgalikda bitta kafedra qilib tashkil etilgan. 1975 yil umumiy tarix kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib tashkil topdi va birinchi bo‘lib, 1975-1980 yillarda tarix fanlari nomzodi Ch.Jumayev, 1981-1985, 1992-1997 professor Z.Mirzayev rahbarlik qilgan. Kafedra 1990 yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasi sifatida alohida kafedraga aylandi. 1991-2000 – yillar t.f.d. M. Oltinov, 2000-2009 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2009-2013 – yillar t.f.d. Sh.Shaydullayev, 2013-2014 – yillar t.f.n. O‘.Xudoyqulov, 2015 – 2016 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2016 – 2017 – yillar t.f.n. Z.Xoliqovlar rahbarlik qilgan. 2017 – yildan t.f.d. Sh.Shaydullayev rahbarlik qilmoqda.

«O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» kafedrasi universitet va fakultetda yetakchi ilmiy-pedagogik jamoadir. Hozirgi paytda kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultetlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida «O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» bo‘yicha ixtisoslashuvchi talabalari uchun 22 ta ixtisos fanlari va maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Talabalar uchun 20 dan ortiq darslik, elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. ma’ruza o‘qish uchun Respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, umumiy o‘rta maktab jamoalariga O‘zbekiston tarixi fanidan uslubiy yordam berib kelmoqdalar. Kafedra Respublika va shahrimizda katta ilmiy salohiyatga egadir. Jamoa a’zolari tomonidan O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va hozirgi zamon talabiga muvofiq yangicha yoritish borasida ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va olib bormoqdalar. Buning natijasida 20 ga yaqin monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 12 ta ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar.

Kafedra bitiruvchilari orasida Respublika miqyosidagi olimpiadialari g‘oliblari, turli tanlovlar sovrindorlari yetishib chiqqan. Kafedra a’zolari fakultet, universitet, shahar, viloyat hamda Respublika miqyosida jamoat ishlarida faol qatnashmoqdalar.

Kafedra o‘qituvchilari

1. Shaydullayev Shapulat Bozorovich

2. Annayeva To‘xtash Djurayevich

3. Xoliqov Zokir Eshboltayevich

4. Tuxtayev Abdug‘ani Qilichovich

5. Abduqayumov Asror Raimovich

6. Ikromov Nozim Muzropovich

7. Safarov Bahtiyor Sattorovich

8. Boqiyev Anvar Ahmedovich

9. Xudayberdiyev Shamsiddin Tulqinovich

10. Isayev Oybek Ahmed o‘g‘li

11. Yangiboyeva Dilnoza O‘ktamovna

12. Toshaliyev Qahramon Boboyorovich

13. Abdulloyev Shuhrat Boboismoilovich

14. Isarov Umidulla Isar o‘g‘li

15. Qurbonov Abdusamad Meligaliyevich

16. Begaliyeva Mehriniso Olimnazarovna

17. Boboyeva Sitora Ro‘zimaxmatovna

18. Xamidov Odil Abduvohidovich

19. Cho‘tmatov Jo‘rabek Omonovich

20. Tangriqulov Jamshid Erkinovich

21. Oynazarov Xoliyor G‘oibnazarovich

22. Qo‘shoqov Safarali Yusupovich

23. Kattayeva Gulmira Choriyevna

24. Shopo‘latov Ulug‘bek Xoltojiyevich

25. Normo‘minov Mansur Baxtiyorovich

Qabul vaqti: har kuni. Soat 9:00 dan 16:00 gacha

Telefon:

E-mail:

Kafedrada oqitiladigan yonalishlar:

Bakalavriat:

· 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

· 5120301 Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)

· 5120400 Arxeologiya

Magistratura

· 5A 120301 O‘zbekiston tarixi

· 5A 120401 Arxeologiya

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

· Arxeologiya

· Arxeologiyaga kirish

· Geoarxeologiya

· Inson evolyutsiyasi va old tarix

· Islom tarixi

· Jahon arxeologiyasi

· Kodikologiya, tekstologiya

· O‘rta Osiyo arxeologiyasi

· O‘zbekiston davlatchiligi tarixi

· O‘zbekiston tarixi

· Quronshunoslik va xadisshunoslik

· Oks sivilizatsiyasi

· O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik

· XXI asrda Islom

· Yordamchi tarixiy fanlar

Magistratura

· O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari

· O‘zbekistonda savdo munosabatlari va tadbirkorlik tarixi

· O‘zbekiston tarixining nazariy masalalari

· Paleekologiya va sivilizatsiya dinamikasi

· Markaziy Osiyo tog‘-kon metallurgiyasi ishlab chiqarish va savdo-iqtisodiy munosabatlari

· Sharq san’ati

· O‘zbekiston mustamlaka va sovet mustabid tuzumi davrida

· O‘zbekiston millatlararo munosabatlar va tolerantlik

· Tarixiy toponomika

· Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

· O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi va davlatchiligining dolzarb muamolari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Kafedra a’zolari «O‘zbekiston hududida ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari», “Oks sivilizatsiyasi”, “Avesto va moddiy madaniyat” "Termiziy allomalarning ilmiy merosi" kabi mavzular ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Tadqiqot natijalari OTMning mahalliy, mintaqaviy, Respublika hamda xorijiy ilmiy markazlari to‘plamlarida, jurnallarida nashr qilingan. Har bir professor-o‘qituvchi ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda. Kafedra a’zolari tomonidan so‘nggi 5 yillikda 10 ga yaqin monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 12 ta ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etildi. Ilmiy tadqiqot natijalari o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlashda, shuningdek, fanlar bo‘yicha o‘quv majmualari mazmunini boyitishda qo‘llanilib kelinmoqda.

Shuningdek, kafedrada chet el oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan faol ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Jumladan. Chexiyaning Karlova universiteti, Yaponiyaning Rissho universiteti, Fransiyaning arxeologik tadqiqotlar institutlari bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Mazkur hamkorlik bo‘yicha, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida viloyatimizdagi ko‘plab tarixiy obektlarida arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

  • 2024-05-07
  • 23

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi. A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat

Batafsil

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

  • 2024-05-06
  • 40

“Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi. 

Batafsil

A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

  • 2024-05-06
  • 35

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Batafsil