TerDUdagi "Ilmiy-tadqiqot markazi"ga arxeologiya yo‘nalishi uchun 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi

Universitetda ilm-fanni rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy texnik bazasini boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shu maqsadda rektor A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, Xitoy-Markaziy Osiyoda Inson va atrof-muhit “Bir kamar va bir yo‘l” xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Ma Jianni qabul qildi. 

Uchrashuvda TerDUning yangi 750 o‘rinli “Ilmiy-tadqiqot markazi”da arxeologik ilmiy-amaliy laboratoriyasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi. 

Hamkorlikka ko‘ra, markazga talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini beruvchi qiymati 400 ming AQSH dollarli paleobotanika, paleozologiya, antropologiya, sopol, metallar ustida kimyoviy tadqiqot olib boruvchi va restavratsiya laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi.  

Maʼlumot o‘rnida, Termiz davlat universiteti va Shimoli-g‘arbiy universiteti o‘rtasida 2019 va 2024-yillarda memorandum va 2023-yilda shartnoma imzolangan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU jamoasi mini futbol bo'yicha 1-o‘rinni egalladi

  • 2024-05-10
  • 12

Termiz davlat universiteti jamoasi mini futbol bo'yicha 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat kengashi tomonidan

Batafsil

Universitet rektori dars jarayonida

  • 2024-05-08
  • 16

Rektor A. Toshqulov Iqtisodiyot va turizm fakultetining 5-kurs sirtqi taʼlim yo‘nalishi talabalariga “Davlat byudjeti” fanidan maʼruza mashg‘ulotini o‘tib berdi. Ilmiy bahslar va manfaatli maʼlumotlarga boy bo‘lgan dars jarayoni talabalarda iliq

Batafsil

Xotira ulug' — qadr muqaddas

  • 2024-05-08
  • 15

Termiz davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan shonli sana oldi o‘tganlarni xotirlash va hayot bo‘lgan keksalarni qadrlash tadbiri tashkil etildi.

Batafsil