Termiz davlat universitetida “Rektor kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 13-aprel kuni oʻtkazilgan “Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari “..har bir oliy oʻquv yurti yon-atrofdagi mahallalar uchun maʼnaviyat markazi, madaniyat oʻchogʻi boʻlishi kerakligi”, shuningdek, joriy yilning 19-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida “Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi, deydi xalqimiz. Lekin, maʼnaviy-maʼrifiy ishlardagi uzviylik hozircha bunday emas. Bu borada bogʻcha, maktab, oliy taʼlim, mahalla-har biri alohida” ish olib borayotganligi qayd etilganligi, ushbu videoselektorlarda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, magistrantlari va yuqori kurs talabalari Termiz shahrida, yaʼni universitetga yaqin hududda joylashgan Tuproqqoʻrgʻon, Gulira'no, Mehriobod, Alisher Navoiy, Oʻzbekiston, Alpomish, Bogʻishamol, Bogʻzor, Shodlik, Jayxun, Abdulla Avloniy va Boʻston mahallalarida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng targʻib qilishlari, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da roʻyhatiga olingan oila farzandlarini hamda “Yoshlar daftari”dagi yoshlarni, xususan, uyushmagan yoshlarni ilm va kasbga yoʻnaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.   Ushbu maqsadda yoshlarni oliy maʼlumot olishga qiziqtirish, mahalladagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga, yoshlar oʻrtasida turli tanlov, musobaqa va oʻyinlar oʻtkazishga koʻmaklashish, universitetning moddiy texnika bazasidan foydalangan holda, belgilangan mahallalardagi yoshlarni ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda xorijiy tillar, sport, tarix, matematika, kimyo va biologiya, ona tili va adabiyot oʻquv kurslariga, tadbirkorlik asoslari, kompyuter savodxonligi va badiiy ijodkorlik (tikuvchilik, toʻquvchilik va dizayn)toʻgaraklariga bepul jalb etish ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda.

“Bir ziyoli bitta mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida targʻibot-tashviqot ishlarida, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan oila farzandlarini hamda “Yoshlar daftari”dagi yoshlarni, xususan, uyushmagan yoshlarni ilm va kasbga yoʻnaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ishlarda faol ishtirok etgan, namunali talabalarni “Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan, professor-oʻqituvchilar esa universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish belgilandi.

Universitetga yaqin hududda joylashgan mahalla yoshlari oʻrtasida sportning mini-futbol (erkaklar oʻrtasida), tosh koʻtarish (erkaklar oʻrtasida), armrestling (erkaklar va ayollar oʻrtasida), arqon tortish(erkaklar va ayollar oʻrtasida), yengil atletika (100 m yugurish) (erkaklar va ayollar oʻrtasida) sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Musobaqalar yakuni boʻyicha gʻolib jamoalar universitet maʼmuriyati tomonidan esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 17

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 30

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 26

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil