TerDU | xalqaro_aloqalar

2021 yil 22 noyabr kuni Termiz davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor M.Xoshimxo‘jayeva Shvetsariyaning “Swiss Education Group” kompaniyasining mintaqaviy eksperti Dastan Seitkazin bilan onlayn ushrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida potensial hamkor tomonidan “El-yurt umidi” jamg‘armasi asosida TerDU turizm yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga Yevropa OTMlarida magistraturada o‘qishini davom ettirish, Iqtisod va turizm fakulteti bilan birgalikda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qoyish, professor-o‘qituvchilar uchun amaliyot imkoniyatlari va boshqa takliflar keltirib o‘tildi. 

O‘z o‘rnida TerDU tomonidan takliflar va dasturlar bilan talabalarni yaqindan tanishtirish maqsadida mart-aprel oylarida xorijiy kompaniyaning mintaqaviy vakili Dastan Seitkazinning tashrifi hamda mehnat yarmarkasini tashkillashtirish rejalari haqida aytib o‘tildi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil