“Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish"

2021 yil 29 aprel kuni Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida  talaba qizlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish" mavzusida hamkor tashkilot xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda Termiz shahar Kengashi deputati, Termiz shahar targʻibot guruhi rahbari D.Normurodova  va Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi malaka oshirish markazi Surxondaryo mintaqaviy filiali mutaxassisi, Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi Sh.Xolmurotovalar ishtirok etishdi.

“Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik ildizlari”, “Diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan diniy bagʻrikenglik tamoyillarining buzilishi” kabi mavzularda maʼruzalar qilindi.

Talaba qizlarning ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bilan bogʻliq bo’lgan mavzu doirasida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan  atroflicha javob berildi.

 

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 17

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 26

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil