Termiz davlat universiteti va Malayziyaning Bayneri boshqaruv va tadbirkorlik universiteti oʼrtasida videokonferens-aloqa oʼtkazildi

Oʼzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillari hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvdan koʼzlangan maqsad, oliygohlarning oʼzaro tanishuvi hamda hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlarini muhokama etishdan iborat boʼlib, dastlab ikki oliy taʼlim muassasalari rahbariyati oliygohlar faoliyati va uzoq muddatli rejalari borasida toʼxtalib oʼtishdi.

Uchrashuv davomida Bayneri boshqaruv va tadbirkorlik universiteti taʼsischisi, raisi janob Jozef Аdaykalam tomonidan universitet bilan hamkorlikda Global taʼlim markazi (Global Teaching Center)ni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Bu sohada yaqin kunlarda hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishib olindi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 17

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 30

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 25

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil