Yuraklardan joy olgan shoir

Ardoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Yuraklardan joy olgan shoir” nomli adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. Mazkur badiiy kecha Kimyo va texnologiya fakulteti va Termiz shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari hamkorligida  tashkil etildi.

Dastlab Kimyo va texnologiya fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor X.X.To’rayev shoirning qisqa va mazmunli hayoti, o‘ziga xos sodda va xalqchil ijodi yuragimizdan chuqur o‘rin olganligini ta’kidladi.

Dastlab Kimyo va texnologiya fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor X.X.To’rayev shoirning qisqa va mazmunli hayoti, o‘ziga xos sodda va xalqchil ijodi yuragimizdan chuqur o‘rin olganligini ta’kidladi.

Tadbir davomida  Muhammad Yusufning hayoti va  ijodi to‘g‘risidagi videofilm  namoyishi bo’lib o’tdi, shoir qalamiga mansub ona yurtni, Vatanni, bag‘rikeng xalqimizni tarannum etuvchi she’rlari hamda ushbu she’rlarga bastalangan kuy-qo’shiqlar ishtirokchilar tomonidan ijro etildi. 

Adabiy-badiiy kechada faol ishtirok etgan talaba va o’quvchilar fakultet dekani tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 17

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 30

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 26

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil