Respublikamizda joriy yilning 15-dekabrdan 15-yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi” o’tkazilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholiga mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish, Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida o‘tkazilayotgan oylik munosabati bilan universitetimizda ham tadbirlar boshlandi.

Termiz davlat universitetida  “Vatan aziz –burchi muqaddas” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Tarix fakultetining professor-o’qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi. 

Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Obid Shofiyev kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng Tarix fakulteti dekani X.Xolmo’minov “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida, N-harbiy qism kapitani A.Inomjonov “Bilib qo’yki, seni ozod va obod Vatan kutmoqda” mavzusida, Jahon tarixi kafedrasi mudiri S.Tursunov “Vatan uchun jon fido etmoq – bizning burchimizdir” mavzusida ma’ruzalar qilishdi. 

Tadbir so’ngida fakultet talabalari tomonida badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 49

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil