TERDU TALABALARI XALQARO MAYDONDA IKKI KARRA ÇEMPION!

Yangiliklar 10-11-2026 40

Pokistonning Faysalobod şahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF) tomonidan taşkil etilgan Men’s IHF Trophy Asia – Zone 3 xalqaro musobaqasida Özbekistonning U-18 va U-20 terma jamoalari çempionlikni qölga kiritdi!

E’tiborlisi, har ikki terma jamoa tarkibining 70 foizini Termiz davlat universiteti talabalari taşkil etadi. Musobaqaning hal qiluvçi uçraşuvlarida:

🥇 U-18 terma jamoamiz Qozoğistonni 35:18 hisobida mağlub etdi.
🥇 U-20 terma jamoamiz esa Pokiston ustidan 42:32 hisobida zafar quçdi. Şu tariqa, har ikki yoş toifasida Özbekiston terma jamoalari şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.

Bu ğalabalar Termiz davlat universitetida sportga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan şaroitlar hamda sportçilarimiz va ularning murabbiylari maşaqqatli mehnatining yorqin samarasidir.

Universitetimiz şarafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan talabalarimizni, ularning murabbiylarini va barça ğalaba sohiblarini samimiy tabriklaymiz!

TerDU — ilmda ham, sportda ham yuksak marralar sari!