TerDUda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi

Yangiliklar 05-11-2026 33 2 SDG 2 Ochlikka barham 6 SDG 6 Toza suv va sanitariya 9 SDG 9 Sanoat, innovatsiya 12 SDG 12 Mas'uliyatli iste'mol

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov Ilmiy tadqiqotlar markazida bölib, uning faoliyati, amalga oşirilayotgan ilmiy loyihalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar bilan tanışdi.

Dastlab rektor markazdagi “Ösimliklarni mikroklonal köpaytiriş” (in vitro) laboratoriyasi faoliyatini közdan keçirdi. Viloyatda muqobili bölmagan mazkur laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, hududning qişloq xöjaligi ehtiyojlariga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş va ularning amaliy natijadorligini oşiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.

Şuningdek, yaqin kunlarda işga tuşirilişi rejalaştirilgan Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar laboratoriyasi uçun ajratilgan binoda olib borilayotgan jihozlaş va tayyorgarlik işlari bilan tanışdi. Laboratoriyani zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlaş, uning ilmiy va amaliy faoliyatini samarali taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Markaz faoliyatiga bağışlangan taqdimotda ilmiy tadqiqotlar natijalari, innovatsion işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va tijoratlaştiriş, spin-off korxonalarini taşkil etiş, xalqaro hamkorlik asosida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, xorijiy grantlarni jalb qiliş hamda ilmiy xizmatlar kölamini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, markazda yaratilgan suvni tejaş va tozalaş texnologiyalarini tijoratlaştiriş, polimerlarni qayta işlaş böyiça tadqiqotlarni rivojlantiriş hamda mavjud ilmiy salohiyatdan samarali foydalaniş istiqbollari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida rektor ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijadorligini oşiriş, laboratoriyalar faoliyatini rivojlantiriş, innovatsion işlanmalarni işlab çiqariş bilan integratsiyalaş, talabalar va yoş tadqiqotçilarni ilmiy loyihalarga keng jalb etiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berdi.