TerDU | yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar (https://t.me/shmirziyoyev/8635) ijrosi yuzasidan  "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish  yo‘lga qo‘yilgan.

Termiz davlat universiteti jamoasi ham “Yashil makon”  umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” aksiyada ishtirok etib, yashil maydonlar yaratishga munosib hissa qoʻshmoqda.

Angor tumani hududiga qarashli 9 gektardan ortiq maydonga 10000 tupdan ortiq mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgan bo’lib, bugun mazkur hududda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Mazkur loyihada soha prorektorlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari, tyutorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda koʻngilli talabalar ham faol ishtirok etishdi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil