18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi.

Ushbu kun respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Termiz davlat universitetida ham ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Erta tongdan professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ko‘ksiga bayroq ramzi tushirilgan tasmalar qadagan holda kutib olindi.

Tadbirda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Obidjon Shofiyev so‘zga chiqib, erkimiz ramzi, uning tarixi to‘g‘risida fikrlar bildirdi.

Vatanni, davlat bayrog‘ini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil