“Bagʻrikenglik haftaligi”

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan “Bagʻrikenglik haftaligi” tashkil etiladi.

Joriy yil 15-21-noyabr kunlari Oʻzbekistonda 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 


Haftalik doirasida Termiz davlat universitetida “Kitobxonlik bizni birlashtiradi” nomli kitoblar koʻrgazmasi, “Milliy an’ana va udumlar” nomli turli millat vakillarining urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi ko’rgazma, “Mening bag’rikeng dunyoyim” rasmlar ko’rgazmasi hamda "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. 

“Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazishdan maqsad – jamiyatimizda doʻstlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil