Muzeylar oʻtmish bilan bugunni bogʻlovchi maʼnaviyat koʻprigi hisoblanadi.

Termiz davlat universitetida o’tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida Yuridik fakulteti talabalari “Tarix va madaniyat muzeyiga” sayohat qilishdi.

Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi binosi Termiz shahrining koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga aholi, shu jumladan, yoshlarimizni tariximizga, milliy urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

“Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy sanʼat”, “Mustaqillik davri” hamda “Etnografiya” singari 5 ta boʻlimdan iborat, Uning fondida 16 ta yoʻnalishda 61 ming 325 ta eksponat mavjud boʻlib, shundan, 3150 ta eksponat noyob ashyo va kolleksiyalar sirasiga kiradi. Bu yerda saqlanayotgan nodir eksponatlardan xalqimizning ming yillik anʼanalari, qadriyatlarini oʻrganish mumkin.

Talabalar muzeydan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil