Komplayens nazorat boʻlimi fakultetlarda uchrashuvlar o'tkazmoqda

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakultetining professor-oʻqituvchilari hamda texnik xodimlari uchun “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi Kodirov Farhodjon Kurbanovich uchrashuv o'tkazdi.

Yigʻilish davomida taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish masalasi boʻyicha “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi soʻzga chiqib, TerDUda tashkil etilgan boʻlimning maqsadi, vazifasi, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida toʻxtalib, taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etilishining sabab va omillarini kelib chiqishi va korrupsiya holatlarini aniqlash, jinoyatni oldini olish boʻyicha maʼlumotlar berdi.Shuningdek, 2021 yil 15 oktabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021yil 16 sentabrdagi 19/10-21-101-sonli taqdimnomasining muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida taʼlim tizimida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar boʻyicha jinoyatlar sodir etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.

Bu borada, taʼlim tizimida bunday korrupsiyaviy qonunbuzarliklarga barham berishda har bir professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlar hamda talabalar masʼul ekanligi taʼkidlandi.

Professor-o’qituvchilarga poraxoʻrlik, taʼmagirlik, firibgarlik illatlariga yoʻl qoʻymaslik, bu kabi noqonuniy hatti-xarakatlar amalga oshirilgan taqdirda amaldagi qonunlar asosida chora koʻrilishi to’g’risida yigʻilish qatnashchilariga yana bir bor eslatib oʻtildi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil