Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari Ijtimoiy fanlar fakulteti faollar zalida bevosita, barcha professor-o‘qituvchilar fakultetlarda videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X.Toshkulov raisligida 2021-yil 28-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan talabalarning yashash tarzi, odob-axloqi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda talaba-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va OTMlarda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etish choralarini kuchaytirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga bagʻishlangan videokonferensiya yigʻilishi toʻgʻrisida fikr bildirildi.

Shundan so’ng  muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilarga (fan doktori, professor, dotsent, PhD) diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda pedagogik amaliyotlar mexanizmini tashkil etish va iqtidorli talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish,  universitetda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoring natijalari va 2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilishni adolatli va shaffof tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2020-yil yakunlari boʻyicha tayyorlangan oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi natijalari va kelgusidagi vazifalar, Universitetda toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan ijarada yashovchi (mavjud mezonlar boʻyicha ijara shartnomasi olmagan), oilasida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida tahsil oladigan, ijtimoiy ahvoli ogʻir talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi. 

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi. 

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil