Termiz davlat universitetiga 2021/2022-oʻquv yili uchun Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganlarga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi.

Termiz davlat universitetiga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tabaqalashgan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli Termiz davlat universiteti Magistratura bo’limiga shartnoma rasmiylashtirish uchun 2021-yil 9-noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarori (https://lex.uz/docs/-5472291)ga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil