TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA SENATOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Boqiyev Farxod Esanovich bilan talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Unda Termiz davlat universitetining  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori vazifasini bajaruvchi Shofiyev Obidjon Baxtiyorovich, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Abduraimov Saydullo Berdishukurovich, universitet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad – talabalarning siyosiy maydonda boʻlayotgan oʻzgarishlardan xabardor qilish hamda Parlamentning dunyo Geosiyosiy maydondagi oʻrni va nufuzi, rivojlangan mamlakatlar qatoridagi faoliyati hamda bugungi kunda jamiyatda hayotida muhim boʻlayotgan qonunlarni ishlab chiqishda Senatning oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida ochiq muloqot oʻtkazildi. Talabalar oʻzlarining Senatda maʼqullanayotgan qonunlarda qay tarzda jamoatchilik fikrini olish va ishtirok etish tartib taomillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi. 

Tadbirda ishtirokchilar mavzular doirasida o‘z savollariga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil