TerDU xalqaro aloqalar tarixida yangi sahifa ochildi

27 oktabr kuni Termiz davlat universiteti hamda Kardiff universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo'yish maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Termiz davlat universiteti tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor PhD Mohiruh Xoshimxo‘jayeva, xorijiy filologiya fakulteti dekani Abdulla Xudayqulov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i G‘afur Tog‘ayev, Kardiff universiteti tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha universitet katta dekani professor PhD Kenet Gamilton, amaliy tilshunoslik va ingliz tili professori Ph.D Maykl Henford va buxgalteriya hisobi va moliya sohasida katta o‘qituvchisi Ph.D Luiza Makniven hamda O‘zbekistonnning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi xodimi Shoxruz Samadov qatnashdilar. 

Termiz davlat universiteti tomonidan quyidagi takliflar kiritildi:

- TerDU professor o‘qituvchilarini kasbiy malakalarini oshirish maqsadida Kardif universitetiga bir haftalik turlar tashkil etish;

 -  Kardiff universitetidan “TESOL” sertifikatlariga ega mutaxassislarini o‘z tajriblarini TerDU professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lishish maqsadida onlayn seminarlar o‘tkazish;

- Kardiff universiteti bitiruvchilari va tadqiqotchilariga amaliy stajirovka uchun Termiz davlat universitetida imkoniyatlar yaratib berish;

- “TURING” dasturi doirasida talaba almashinuvlarini kelajakda yo‘lga qo'yish.

Kardiff universiteti esa o‘z o‘rnida Termiz davlat universiteti bilan birgalikda Birodar shaharlar (Twin cities) loyihasini taklif etdi.

Undan tashqari muzokara davomida talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar stajirovkasi, Termiz davlat universiteti ta’lim jarayoniga Kardiff universitetdan professor o‘qituvchilarni jalb qilish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari boshlash mavzulari ko‘tarildi. Muzokara so‘ngida ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil