“O’quvchi-talabalar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish”

Giyohvandlikka qarshi kurashish, uning zararli oqibatlaridan kishilarni, ayniqsa, yoshlarni xabardor qilish, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biridir. Chunki asr vabosi – giyohvandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, oʻzlari esa salomatligini yoʻqotib, bevaqt oʻlim topayotgani hech kimga sir emas.

Termiz davlat universitetida “O’quvchi-talabalar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida ham ana shu haqda soʻz yuritildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi vakili, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyat vakilligi, Surxondaryo viloyati Narkologiya dispanseri mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Davra suhbatida mas’ullar giyohvandlik, uning salbiy oqibatlari, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sirlari haqida ma’lumot berdilar. 

Yakunda giyohvandlikning millionlab kishilarning naslini mayib-majruh etayotgani, umriga zomin boʻlayotgani haqida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.

Tadbirda talabalar va professor-oqituvchilar faol ishtirok etishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 43

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 44

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil