“Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari Termiz davlat universitetida bo'lib o'tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2021-yil 11-avgustdagi  PF-6277-sonli farmonlarini ijrosini taʼminlash  maqsadida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 31-son qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi belgilangan. 

Qarorga muvofiq ishlab chiqilib tasdiqlangan Davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi boʻyicha muvaqqat nizom talablari asosida 17 nafar universitet masʼullaridan iborat suhbat komissiyasi tuzildi. Unda universitet rektori A.Maraximov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi Sh.Joʻrayev, soha prorektorlari, Termiz davlat universitetining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi S.Aliqulov, boʻlim boshliqlari, Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani A.Absamatov hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonlaridan muvofaqqiyatli oʻtgan 46 nafar hokim yordamchilari Iqtisodiyot va turizm fakultetiga davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilindi.
Komissiya tomonidan belgilangan talablar asosida Surxondaryo viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirib, aholi bandligini taʻminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida samarali mehnat qilayotgan hokim yordamchilaridan imtihon (suhbat) oʻtkazildi. 

Suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida boʻlib oʻtdi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati, belgilangan bakavariat taʻlim yoʻnalishini tanlashdan asosiy maqsad,  taʻlim yoʻnalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari, taʻlim yoʻnalishi sohasida bilim va kasbiy koʻniklamalarining mavjudligi boʻyicha 100 ballik tizimda baholandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 36

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 42

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil