Vazir Termiz davlat universitetida oʻquv va yotoqxona binolari qurilishi jarayoni bilan tanishdi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 224 oʻrinli Termiz shahri Zilol koʻchasi 2 va 4 qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan boshlangʻich maktab va maktabgacha ta’lim muassasi maydonlarida bunyod etilayotgan talabalar turar-joyining qurilish jarayonlarini borib koʻrdi. 

Bunyodkorlik ishlarining umumiy hajmi koʻzdan kechirilib, binoning keyingi rejalari muhokama qilindi. Vazir turar-joyning boʻlajak dizayni bilan tanishib, yotoqxona oʻrinlari sonini oshirish yuzasidan oʻz takliflarini berdi.

Vazir 1000 oʻringa moʻljallangan 7 qavatli Axborot texnologiyalari fakulteti oʻquv binosi qurilish jarayonini ham koʻzdan kechirdi. 

Binodagi oʻquv auditoriyalar, axborot texnologiya laboratoriyalari va ma’muriy xonalar bilan birga, IT-park, 100 kishilik ma’ruza xonalari, 4 ta 100 kishilik konferensiya zallari, trenajyor va fitnes zallar loyihalashtirilgani haqida ma'lum berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 35

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 41

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 41

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil