Saylovoldi tadbirlar davom etmoqda

Oʻzbekiston Liberal Demokratik  partiyasi saylovoldi targʻibot tadbirining navbatdagisi Boysun tumanida boʻlib oʻtdi.

 Partiya faollari va aʼzolari, siyosatchi va ziyolilar, TerDUning professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda partiyadan koʻrsatilgan nomzodning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili Abdulhakim Eshmuratov
soʻz olib, yigʻilganlarga nomzodning dasturiga oid maʼlumotlar berdi.

Mamlakatdagi islohotlar, saylov tizimi va bu yilgi jarayonlar kun tartibidagi asosiy masala boʻldi. Tumandagi mahalla-yu guzarlarda oʻtkazilgan targʻibot uchrashuvlarining yakuni kechga kelib bayramona tus oldi. Nomzodning saylovoldi dasturi va kelgusidagi vazifalarining tanishtiruvidan soʻng ishtirokchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Unda TerDUning Milliy libos va san'at fakultetining talabalari oʻz chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Muhimi ushbu kun har bir saylovchida iliq taassurot qoldirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil