"Biznes inkubatsiya va Akseleratsiya"

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyat hududiy filiali va Termiz davlat universiteti "Biznes inkubatsiya va Akseleratsiya" markazi bilan hamkorlikda Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun 2 haftalik o‘quv kursi maktablar va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib o‘tdi.

Kursda Termiz shahri hududida joylashgan mahalla yoshlari va universitet talabalari o‘z bilimlarini oshirdilar.
Shuningdek, o‘quv kursida ilmiy-innovatsion loyihalar, startaplar va grantlarni qanaqa qilib yutib olish bo‘yicha ham master klasslar bo‘lib o‘tdi.
Zif tekstile hamda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda 18 yoshda 45 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash va tikuvchilik mahoratlarini oshirishlari maqsadida qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari va ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qilindi.

Hozirda Termiz davlat universiteti talabalari o‘zlarining bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda mazkur korxonada o‘qishdan tashqari vaqtlarda mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.
Milliy libos va san'at fakulteti texnologik ta’lim kafedrasi tomonidan Termiz davlat universitetida Termiz shahri hududida joylashgan mahallalardagi xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi. Kurs davomida mutaxassis professor-o‘qituvchilar tikuvchilikning sir-asrorlarini qatnashchilarga amaliy darslar davomida o‘rgatib borishmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil