TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishida kengash aʼzolari Pedagogika fakulteti faollar zalida bevosita, qolgan ishtirokchilarga videokonferens aloqa (ZOOM) orqali onlayn ishtirok etdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini universitetda munosib kutib olish, yangi 2021/2022 oʻquv yiliga tayyorgarlik ko’rish, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida mashgʻulotlarni boshlash toʻgʻrisida fikr bildirildi.

Shundan so’ng  muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy daraja olgan 20 professor-oʻqituvchilarga (1 nafar fan doktori, 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 14 nafar PhD) diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti, shuningdek, akademik litsey va texnikumlarda yangi 2021/2022 oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda xodimlar tarkibini shakllantirish, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, fanlarni oʻzbek tili va lotin alifbosidagi oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holati, universitet talabalarini kutib olish, yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar TTJga joylashtirish va ijarada yashovchi talabalarga tegishli mezon asosida ijara toʻlovlarini toʻlash ishlari to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi. 

Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi. 

Shuningdek, darslik, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari nashr etilganlar ham qutlandi. 

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil