TerDU professori “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash va Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdagi xizmatlari uchun davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar safida Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Tursunov Saypulla Narzullayevich ham bor.

TerDU jamoasi nomidan ushbu muvaffaqiyat bilan Saypulla Narzullayevichni muborakbod etamiz. Ilm yo'lida olib borayotgani fidokorona mehnatlaringizga,  sharafli faoliyatingizga omadlar tilaymiz! Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat yor bo’lsin!

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 34

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 40

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil