Termiz davlat universitetida magistratura imtihonlarini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Termiz davlat universitetida magistratura bosqichining test imtihonlari boʻlib oʻtadigan joylari tayyorlanmoqda. 

Bunda bir vaqtning oʻzida 200 nafar abituriyent imtihon topshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Imtihonlarning adolatli va shaffof oʻtishini kuzatish maqsadida imtihon boʻlib oʻtadigan sport zali kameralar bilan jihozlandi. 

Magistratura bosqichining test imtihonlarini topshiruvchi abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, yangi, zamonaviy, ishlash tezligi yuqori boʻlgan 200 dona monoblog kompyuterlar o‘rnatildi.

Eslatib o'tamiz: test imtihonlari belgilangan hududda (TerDU Sport majmuasi) kompyuter vositasida bo'lib o'tadi. 

Tez kunlarda imtihon bo'lib o'tadigan kuni va vaqti to'g'risida oliygoh veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar beriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 33

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 36

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil