Xabaringiz bor respublikamiz bo‘yicha 2021/2022 o‘quv yili bakalavriat bosqichi uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlanmoqda.

 Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha imkoniyatlarini aniqlash, bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.

Joriy yilning 27 iyul sanasida Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etuvchi oliygohning professor-o’qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Ijodiy imtihonlarning shaffof va adolatli o’tishi oliy ta’lim tizimi uchun muhimdir. Imtihon jarayonlarida abituriyentlar holis va adolatli baholanib, haqiqiy iste’dodli, bilimli yoshlarimizni talabalar safidan joy olishlari lozim”, deya ta’kidladi TerDU rektori A.Maraximov.

Shundan so’ng o’qituvchilarning xavfsizligi, imtihon jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, tayyorgarlik ishlari to’g’risida fikrlar almashilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtixonlarda ishtirok etuvchi o’qituvchilar universitetning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moddiy rag’batlantiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil