Termiz davlat universitetiga Nosir Xusrav nomidagi Baxtar davlat universiteti rahbariyati tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 23 iyulida Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Surxondaryoga tashrif buyurdi.

Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi tarkibida viloyat ijroiya maqomoti rahbar xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar boshliqlari, Ko‘lob shahri hamda Voseʼ, Dang‘ara, Do‘sti, Yovon, Jayhun, Kushoniyon, Nosiri Xusrav, Xuroson, Shahrituz, Qubodiyon nohiyalari raislari, shuningdek, qator ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va xususiy tadbirkorlar bor.

Joriy yilning 24 iyulida delegatsiya tashrifi doirasida Nosir Xusrav nomidagi Baxtar davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Davlatzoda Sayfiddin Xayriddin TerDUga tashrif buyurdi. 

TerDU rahbariyati bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda dastlab ikki oliygohlar qisqacha tanishtirilgach, universitetimiz rektori tomonidan quyidagi hamkorlik yo'nalishlari ilgari surildi: 

- professor-o'qituvchilar hamda talabalarning almashinuvi;

- o'zaro manfaatli ta'lim yo'nalishlarida qo'shma dastur asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish;

- ilmiy hamda hududda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlariga bag'ishlangan aylana stol muhokamalarini tashkil etish;

- bugungi kunda dolzarb hisoblanuvchi fanlar sohalarini aniqlash hamda ular bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borish.

Bildirilgan fikrlar tashrif buyurganlar tomonidan ma'qullandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil