GENDER TENGLIGINI TA'MINLAB XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI HAMDA ULARNING JAMIYATDAGI MAVQEINI YANADA MUSTAHKAMLASH.

Gender tengligini ta'minlab xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash, umuman olganda so'nggi yillarda ayollarning ta'lim olishi uchun keng imkoniyat yaratish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bunday jarayonda turli ijtimoiy loyihalar orqali xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashi zarur. Bunga misol qilib O'zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari ichida talaba qizlarning soni ortib borishi, ham mavjudligi buni isboti bo'la oladi.
Termiz Davlat universitetida iqtidorli talaba qizlarni qo'llab-quvvatlash va munosib rag'batlantirish borasida ijobiy an'analar shakllanib kelmoqda. Universitetda iqtidorli talaba qizlarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferentsiya va seminarlar, talaba qizlarni ilmiy jamiyatlari va konstruktorlik byurolariga jalb qilish, shuningdek ilmiy va ommaviy nashrlarda maqola, hikoya va she'rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e'tibor qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining  bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.
Unga ko‘ra Termiz davlat universitetining 5 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi, shulardan 3 nafari talaba  qizlar
Navoiy Davlat stipendiyasi: 
- Nasiba O‘rinova - Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
Ulug‘bek Davlat stipendiyasi: 
- Munisaxon Eshqurbonova - Kimyo va texnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
Islom Karimov Davlat stipendiyasi: 
- Maftuna To‘rayeva - Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

Nasiba O‘rinova – 
Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
 Maftuna To‘rayeva 
- Xorijiy filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.
 Munisaxon Eshqurbonova - Kimyo va texnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 12

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 25

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 22

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil