Surxondaryoda "Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik"

Surxondaryoda "Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida oʼtkazilayotgan yoshlar festivali doirasida Termiz Аrxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyat hokimligi va TerDU hamkorligida “Surxondaryo tarixini bilasizmi?” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatning qadimiy tarixi, boy oʼtmishi, milliy anʼanalari, ajdodlarimizning boy ilmiy-ijodiy merosi, turizm salohiyati, goʼzal tabiiy imkoniyatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan intelektual bellashuvda har bir tumandan bittadan jamoa uchta shart boʼyicha oʼz bilimlarini sinab koʼrishdi.

Umumiy natijasiga koʼra 
1-o‘rinni Sho‘rchi tumani, 2-o‘rinni Termiz shahri, 3-o‘rinni Angor tumani bilimdonlari egallashdi.

Gʼolib jamoalar viloyat hokimligining diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil