GENDER TENGLIGINI TA'MINLAB, QIZLARNI HUQUQ IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH.

Bugungi kunda jamiyatimizda ayollar faolligini oshirish, xotin-qizlarni bilimli, ma'rifatli qilish, gender tenglik masalalarini mustahkamlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunga misol Termiz davlat universitetining musiqa ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi Bokumenko Ekaterina Viktorovna bo'la oladi.
Termiz davlat universitetining musiqa ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi Bokumenko Ekaterina Viktorovna Rossiyada bo'lib o'tgan GRAND MUSIC xalqaro konkurs "instrumental janr (fortepiano)" nominasiyasida I darajali diplom hamda Sopravista international festivals "ALL COLOURS OF ART" ITALI" onlayn festivalida sertifikat va pul mukofoti bilan taqdirlandi.


Bakumenko Yekaterina Viktorovna 1-kursdan boshlab universitetining a’lochi talabalari qatorida intizomi bilan har bir tadbirlarda o‘z iqtidorini namoyon qilib faol ishtirok etib kelmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faolligi, tashabbuskorligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi. Bugungi kungacha universitetda, shahar, viloyat, Respublikada va xalqaro o‘tkazib borilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. O‘z sohasida kerakli bilimlarga ega, buni “Instrumental janr (pianino)” nominatsiyasi bo`yicha 1-2 darajali laureate diplomlari tasdiqlaydi.
U ko`p vaqtni olgan bilimlarini takomillashtirishga va amaliyotda qo`llashga bag`ishlaydi. U badiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqadi, xalq raqslarini maromiga yetkazib ijro etadi.
Bakumenko Yekaterina Viktorovna kursdoshlari va o‘qituvchilari bilan yaxshi munosabatda xushmuomala, mehribon, o‘rtoqlaridan o‘z yordamini ayamaydigan, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qiladigan, ustozlar mehrini qozongan talabalardan sanaladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil