"Baxshichilik va an'anaviy ijro"

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 2 oktabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida 2021 yil Bo‘zatov tumanida "Respublika yoshlar ovozi" festivali tashkil etilishi belgilangan edi.

Joriy yilning 7-9 iyun kunlari Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tgan festivalning respublika bosqichida barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 87 nafar  ishtirokchi ikki yosh toifasida (5-15 yosh va 16-30 yosh) "Baxshichilik va an'anaviy ijro", "Opera" va "Estrada" yo‘nalishlarida o‘z iste'dodlarini namoyon etishdi.
 
Termiz davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi  Abdurahmon Abdunazarov "Baxshichilik  va an'anaviy ijro" yo'nalishining 16-30 yosh toifasida ishtirok etdi hamda  2-o‘rinni egallab, 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi Abdurahmon Abdunazarovni ushbu g'alabasi bilan qutlaydi hamda kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil