“Yoshlar bilan ishlash jarayonida media va axborot savodxonligi“

Termiz davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti hamda “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish“ markazi tomonidan “Yoshlar bilan ishlash jarayonida media va axborot savodxonligi“ mavzusida fakultet talabalari uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Hozirgi axborot asrida hayotimizni maʼlumotlar boshqarmoqda. Bu jarayonda ishonchli axborot bilan birgalikda yolgʻon (feyk) xabarlarlar ham koʻp uchraydi.

Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish, feyklarga ishonib qolmaslik uchun bizda muayyan koʻnikmalar boʻlishi, tahliliy va tanqidiy yondosha olishimiz kerak. 

Trening ishtirokchilariga:

-Media-axborot savodxonligi nima?
-Buni bilish nima uchun muhim?
-Raqamli (digital) savodxonlik nima?
-Feyk nima? 
-“Nafrat“ tili nima? kabi savollarga javob tariqasida mavzular oʻtildi.

Trening ishtirokchilari oʻzlari uchun koʻplab bilimlarni egallashlariga imkoniyat yaratildi va bilimlarini mustahkamladilar. 

Ishtirokchilarimiz tomonidan bu kabi seminar-treninglar boshqa fakultet talabalari uchun ham tashkil etilishi kabi takliflar bildirildi. 

Trening Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi Abror Kurbonmuratov tomonidan oʻtib berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil