TerDU: Universitet Kengashi yigʻilishining tafsiloti

Termiz davlat universitetida 2021 yil 4 iyun kuni universitet Kengashining 11-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab rektor A.Maraximov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga 2021 yil 1-2 iyun kunlaridagi tashrifi natijalari va bundan kelib chiqadigan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati to’g’risida professor-oʻqituvchilarga yetkazildi. 

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-sonli “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari ijrosini taʼminlash muhokama qilindi. 

Navbatdagi kun tartibidagi masala magistraturada oʻquv jarayonlarini tashkil etish va innovatsiya ishlari toʻgʻrisida tanqidiy, tahliliy fikrlar bildirildi. 

Barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning ijrosi boʻyicha masʻullarga zaruriy topshiriqlar berildi. 

Yakunda Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil