BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchilar va taniqli ziyolilarni mahallalarga biriktirish taklifini bergandi.

Universitetda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, xususan, kam ta'minlangan hamda nogiron bolalarning holidan xabar olish, ularni ma'naviy, ruhiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Termiz davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi professor-o'qituvchilari Termiz shahridagi Shodlik mahallasida bo'lishdi.

Mahalla fuqarolariga San'atshunoslik fakulteti qoshida bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil maqsadida musiqa to‘garaklari tashkil etilganligi to’g’risida ma’lumotlar berishdi va san'atga qiziquvchi mahalla fuqarolari ushbu to’garaklarga taklif etildi.

Mahalla hududida joylashgan 3-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 32

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 37

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 34

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil