TerDU: Universitet Kengashi yigʻilishining tafsiloti

Termiz davlat universitetida 2021 yil 6 may kuni universitet Kengashining 10-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda anʼanaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy darajalari tasdiqlangan tadqiqotchilarga diplomlari topshirildi.

Yigʻilish kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 6-apreldagi 3-son kengaytirilgan Hayʼat majlisida qabul qilingan qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulovning 2021 yil 3 may kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar, oʻquv jarayonlarini tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash holatiga oid talaba soʻrovnomasi natijalari, talabalar turar joylari, xususiy xonadon va ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari tahlili hamda turli masalalar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Xalqaro aloqalar bo'limi hisoboti tinglandi. Barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning ijrosi boʻyicha masʻullarga zaruriy topshiriqlar berildi.

 

3 nafar professor-oʻqituvchi nomzodi Kengashda dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etilib, ularning attestatsiya hujjatlari 10 kun ichida OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyaga joʻnatish belgilandi. Yakunda Kengash aʻzolari universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 20

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 32

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 29

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil