Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi.

Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 3-maydagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, dotsent Qabulov Eshbolta Atamuratovich Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Uchrashuv davomida vazir tomonidan ta'lim muassasasining o‘qituvchilari uchun sharoitlarning yanada yaxshilanishi, laboratoriya xonalari, sport zallari, talabalar turar joylarini zamon talablariga mos keluvchi jihozlar bilan ta'minlash, axborot resurs markazlarini ilmiy adabiyotlarni yanada ko‘paytirish, oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini yanada oshirish lozimligi ta'kidlab o‘tildi.

Vazir professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashar ekan, uchrashuv ishtirokchilari tomonidan viloyat OTM lari uchun nazorat komissiyasini tuzish, talabalar, magistratura talabalari va doktarantlar uchun chet el oliygohlarida malaka oshirish, fan dasturlari, o‘quv rejalarini tuzishda har tomonlama tahlil qilish takliflari berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 17

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 31

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 26

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil