TerDUda “Yangi O‘zbekiston – uchinchi renessans poydevori ” shiori ostida Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi faoliyati yanada takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 31-avgust kuni “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi mobaynida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda bunday muzeyni viloyatlarda ham ochish kerakligi haqida  fikrlarni bildirgan edi. Shu munosabat bilan 2017 yil 22 noyabrda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori qabul qilindi. 2018 yil 30-yanvar kuni Termiz davlat universiteti tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi. Bugungi kunda muzey 3 bo‘lim (Chor rossiyasi mustamlakachilik davri, Sovet hokimiyati davri, Mustaqillik davri)dan  iborat bo‘lib, 216 ta eksponat bilan boyitilgan. 
Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasini abadiylashtirish, ularning Vatan kelajagi,  xalq haqida xalq oldidagi buyuk xizmati va jasoratini yosh avlod o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu muzey eksponatlarini muntazam boyitib borish bizning muhim vazifalarimizdan biridir. Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida  oliygoh rektori A. Maraximov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B. Hasanov, direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari M. Zikrullayev, Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi J. Toʻrayev va bir qator tashkilot rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuvda “Yangi O‘zbekiston – uchinchi renessans poydevori ” shiori ostida tarixiylik va davriylik kesimida muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, eksponatlarni tubdan yangilash bo‘yicha takliflar bildirildi. TerDU rektori A.Maraximov tomonidan Termiz davlat universitetida mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil etilishi, ularning tezkor va samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi aytib oֲ‘tildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 46

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 50

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil